French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtoulovga yashirilgan dorilar to‘xtatib qolindi
16:44 / 2021-06-10

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Guliston shahri hududida tibbiy dori-vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan O‘zbekiston fuqarosi R.N boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtotransport vositasi Guliston shahri hududiga kelib to‘xtagan vaqtida ko‘zdan kechirildi.

Natijada avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 32 million so‘mlik, yelim idishlarda 178 ming 250 dona “Valeriana” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.Z. boshqaruvidagi “Porter 2” rusumli avtomashina kuzatuvga olinib, Quvasoy shahri hududida to‘xtatildi va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada avtomashina yukxonasida muqaddam bojxona nazoratini chetlab olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 80 million so‘mlik 22 dona konditsioner va 5 dona changyutgich maishiy texnika tovarlari borligi aniqlandi.

Hozir mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

N.Nasriyev, O‘zA