Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtotransport vositasidan talabga javob bermaydigan 322 ta gaz baloni yechib olindi
14:04 / 2021-11-27

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan reydlar natijasida noqonuniy gaz balonlarini o‘rnatayotgan va balonlarni sinovdan o‘tkazayotgan 5 ta sub’ekt, 2 nafar fuqaro, noqonuniy gaz moslamasi o‘rnatilgan 405 ta, gaz balonlari sinovdan o‘tkazilmagan 526 ta avtotransport vositalari aniqlanib, haydovchilariga nisbatan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

 Ulardan foydalanish vaqtincha taqiqlangan, avtotransport vositasidan talabga javob bermaydigan 322 ta gaz balonlari yechib olingan.

Olib borilgan yo‘l-patrul nazorati tadbirlari natijasida 209 ta ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlanib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Bulardan tashqari, viloyat IIB YHXB tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida gaz baloni o‘rnatish va undan foydalanishga oid hujjatlarni qalbakilashtirish holatlari aniqlangan.

Misol uchun, fuqaro A.X va A.E. bir guruh bo‘lib, 2020 yilning noyabr oylarida fuqarolar Yo.T, A.Yu, I.X va Sh.Fga tegishli bo‘lgan transport vositalarini gaz balonlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi haqidagi sertifikatlarni qalbakilashtirishgan. Mazkur holati yuzasidan Quva tuman IIB tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha A.X va A.Elarga O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi  

3-qismi “b” bandi va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan ayb e’lon qilinib, ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

M.Sulaymonov, O‘zA