Avtotransport vositalarining atrof-muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilmoqda
Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi tashabbusi bilan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda avtotransport vositalarining atrof-muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilmoqda.
Bundan ko‘zlangan maqsad shahar ko‘chalarida harakatlanayotgan avtotransport vositalaridan chiqayotgan zararli gazlar miqdori va tarkibini o‘rganish, avtotransport vositalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.


Kelgusida avtotransport vositalaridan atmosferaga chiquvchi chiqindi gazlar miqdorining doimiy nazoratini olib borish ko‘zda tutilgan.
O‘zA