Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtotransport vositalari uchun stiker berish tartibi tasdiqlandi
10:39 / 2020-03-31

Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.


Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.

Adliya vazirligi xabariga koʻra, vaqtinchalik tartibga koʻra, ruxsatnoma ariza beruvchining tegishli avtotransport vositalariga viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida harakatlanish huquqini beradi.

Bunda ruxsatnomaga ilova qilingan stiker avtotransport vositasining old oynasi pastki oʻng burchagiga oʻrnatiladi. Ruxsatnoma DXMlar tomonidan beriladi. Ruxsatnoma berilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.

Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP)da roʻyxatdan oʻtadi va mustaqil ravishda soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.

Soʻrovnomaga ruxsatnoma olish uchun asos boʻlgan hujjat nusxasi (litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻyicha litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat, xodimning mehnat daftarchasi va lavozimga tayinlanganligi toʻgʻrisida buyruq, avtotransport vositasi ijara yoki ishonchnoma asosida foydalanilganda ijara shartnomasi yoki ishonchnoma) ilova qilinadi.

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlarida, Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli M1 toifadagi avtotransport vositalari uchun tegishli tuman hokimligining va Qurilish vazirligining xati ilova qilinadi.

DXM ariza rasmiylashtirilgandan soʻng 8 ish soati ichida QR-kod qoʻyilgan ruxsatnomani yoki ruxsatnoma berishni rad etish xabarnomasini shakllantirib, ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qiladi.

Ariza beruvchi xabarnoma olgandan keyin 1 ish kuni ichida DXMga ruxsatnomani olish uchun oʻzi kelib murojaat etadi.

Bunda, DXM tomonidan yuborilgan xabarnoma ariza beruvchining avtotransport vositasida DXMgacha harakatlanishiga asos hisoblanadi.

DXMga kelgan ariza beruvchiga muhr bosilgan ruxsatnoma va stiker ruxsatnomalar reyestrida imzo qoʻydirgan holda taqdim etiladi.