French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtotransport qatnovi tashkil qilinmagan qishloqlar bor
12:13 / 2021-01-27

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Avtomobil va daryo transportini rivojlantirish departamenti rahbari Ruslan Ro‘zmetov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatimizda jami 4 ming 68 ta avtotransport yo‘nalishi mavjud bo‘lib, ularning 374 tasi muayyan sabablar bilan faoliyat ko‘rsatmaydi.  

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, respublikamizning ayrim xududlarida avtotransport qatnovining sifati qoniqarli emas. 1 ming 13 ta aholi yashash punktiga umuman avtotransport qatnovi tashkil qilinmagan.

Mazkur hududlarda avtobus to‘xtaydigan 5 mingta oraliq bekat belgisi bor, lekin bekatning o‘zi yo‘q.  

– Transport infratuzilmasi asosan avtostansiyalar, oxirgi to‘xtash bekatlari va oraliq bekatlardan iborat, – deydi Ruslan Ro‘zmetov. – Bu yo‘nalish bo‘yicha respublikada jami oraliq bekatlar xatlovdan o‘tkazildi. Toshkent shahridan tashqari, 13 ming 130 ta oraliq bekatdan 4 mingdan ortig‘i ta’mirtalab ekanligi aniqlandi.Oraliq bekat belgisi bor-u, ammo bekatning o‘zi yo‘q kabi holatlar o‘rganilib, tegishli tartibda chora ko‘rildi.

Ayni paytda, avtotransport qatnovi yo‘lga qo‘yilmagan aholi yashash punktlarini aniqlash va muammoni hal etish maqsadida “mahallabay” tizimida o‘rganish uchun ishchi guruhlar tuzildi va barcha turdosh tashkilotlar jalb qilindi.

M.Toshqorayeva, O‘zA