Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtosportchilarimiz Hindistonda 2 ta medalli bo‘ldi
16:03 / 2025-11-07

Hindistonda o‘tkazilgan “Asia Auto Gymkhana Championship-2025” musobaqasida mamlakatimiz vakillari muvaffaqiyatga erishdi.

Qit’aning eng kuchli avtosportchilari ishtirok etgan poygalarda O‘zbekiston avtosport terma jamoasi a’zolari bittadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Xususan, terma jamoamiz a’zosi Dilshod Yusupov avvaliga Sabina Yusupova bilan birgalikda kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, Dilshod Yusupov Alim Ahmadjonov bilan hamkorlikda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA