Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtosportchilar yilni sarhisob qilishdi
22:57 / 2023-12-22

O‘zbekiston milliy avtosport va karting federatsiyasining mavsum yakuni va kelgusi 2024 yil rejasiga bag‘ishlangan tadbirida Xalqaro avtosport assotsiatsiyasi Bosh assambleyasi kelgusi yilgi yig‘ilishini o‘tkazish huquqi Samarqand shahriga berilgani tarixiy ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Marosimda mamlakatimiz hamda xorijda o‘tgan nufuzli musobaqalarda yuksak natijaga erishganlar taqdirlandi.

Xususan, “FIA Cross country” Jahon kubogi bosqichida bronza medal qo‘lga kiritgan Anvar Ergashev O‘zbekiston avtosporti tarixida birinchi bo‘lib xalqaro toifadagi sport ustasi unvoniga sazovor bo‘lgani, poygachi Yasmina Egamberdiyeva “Asia Pacific Motorsport Championship”da karting-slalom bo‘yicha kumush medalga ega chiqishi ortda qolayotgan yilning muhim natijalari sifatida e’tirof etildi.

Tadbir doirasida karting, karting-slalom va avtoslalom bo‘yicha mamlakat chempionati g‘olib va sovrindorlari ham munosib rag‘batlantirildi.

Sarhisob tadbiri yakunida 2024 yil xalqaro maydonda o‘tadigan nufuzli musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rish, Samarqand anjumanini yuqori saviyada tashkil etish, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish borasida yangi tashabbuslarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA