Avtosport: O‘zbekiston jamoasi Bishkekda g‘oliblikni tantana qildi
O‘zbekistonning avtosport yo‘nalishiga ixtisoslashgan "NAFKU racing team" jamoasi Qirg‘izistonda o‘tgan avtosportning drifting musobaqasida g‘oliblikni tantana qildi.
Bishkek shahrida tashkil etilgan Qirg‘iz Respublikasi ochiq drifting chempionatining uchinchi bosqich final bahslarida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning kuchli jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

9 ta jamoaning 38 nafar mahoratli avto sportchilari ishtirok etgan ochiq chempionat final bahslari yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik pilot Li Sen Man eng yuqori natija ko‘rsatdi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqalarda to‘plangan ochkolar holatida "NAFKU Racing Team" jamoasi umumjamoa hisobida shohsupaning eng yuqorisiga ko‘tarildi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA