Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtosport bo‘yicha “FIA 101” onlayn-sessiyasi o‘tkazildi
14:17 / 2025-12-12

Kuni kecha poytaxtimizda Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Bosh Assambleyasi haftaligi doirasida “FIA 101 – Career Opportunities” onlayn-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mazkur xalqaro federatsiya hamda O‘zbekiston milliy avtosport va karting federatsiyasi vakillari ishtirok etib, avtosportning rivojlanish yo‘nalishlari, sohadagi dolzarb tendensiyalar, o‘quv dasturlari va mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritishdi.

Onlayn-sessiya davomida FIAning avtosportni barqaror rivojlantirishga doir asosiy strategiyalari taqdim etildi. Shu bilan birga, xalqaro va milliy musobaqalarda ishtirok etish uchun mo‘ljallangan o‘quv kurslari, malakani tasdiqlovchi shahodatnomalarni olish tartibi muhokama qilindi.

[gallery-26693]

D.Hakimov,

A.Alijonov (surat), O‘zA