Energetika vazirligi matbuotxizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayevning bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda taqdim etgan ma’lumotiga ko‘ra, 21 yanvar kuni 247,8 million kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan va ushbu manbadan iste’molchilarga 235,4 million kVt•soat yetkazib berilgan. Bu belgilangan rejadan 103 foiz ko‘p.Tabiiy gaz iste’moli esa 151,7 millionmetr kubni tashkil etdi.
– Elektr qurilmalari va gaz ta’minotida yuzaga kelgan 13 ta nosozlik bartaraf qilindi,–dedi H. Toshxo‘jayev. – Xususan, Buxoro viloyatining Olot tumanini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi D-219 mm yuqori bosimli gaz quvuridan gaz sizib chiqishini bartaraf etish maqsadida 6 ming 336 ta aholi xonadoni va 95 ta ulgurji iste’molchining tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi. Ta’mirlash ishlari yakunlanib, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklandi. Shunindek, mamlakatimizdagi 1 ming 77 ta metan zapravka orqali iste’molchilarga 9,4 mln. metr kub tabiiy gaz sotildi. Avtomobillarga gaz quyish stansiyalari orqali 400 tonna suyultirilgan gaz yo‘naltirildi. “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari uchun 1 ming 128 tonna avtobenzin yetkazib berildi, –dedi H. Toshxo‘jayev.
N.Ziyodullayeva,
O‘zA