Avtomobilini bekatlarga qoidaga zid ravishda qoldirib ketgan haydovchilarga chora ko‘rish bo‘yicha yangi tizim ishga tushadi
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti yo‘l-harakat xavfsizligi boshqarma boshlig‘i Fazliddin Toshkenboyevning ma’lum qilishicha, jamoat transporti uchun mo‘ljallangan yo‘laklardan foydalangan va o‘z avtomobilini bekatlarga qoidaga zid ravishda qoldirib ketgan haydovchilarga chora ko‘rish bo‘yicha yangi tizim ishga tushadi.
– Avtomobillarni yo‘l yoqalariga tartibsiz qoldirib ketish holatlari juda ko‘p. Buning oldini olish maqsadida jamoat transportlariga videoregistratorlar o‘rnatish rejalashtirilgan, – deydi F.Toshkenboyev. – Bu orqali inson omilini cheklagan holda qoidabuzarliklarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zA