Avtomobilga taqiq bor yoki yo‘qligini my.gov.uz orqali tekshirish imkoniyati yaratildi
Endilikda avtomobilga taqiq bor yoki yo‘qligini my.gov.uz orqali tekshirish imkoniyati mavjud. Ushbu xizmat orqali yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalariga taqiq mavjudmi yoki yo‘qligini tekshirishlari mumkin.
Muhimi, avtotransport vositasi o‘zingizga tegishli bo‘lishi kerak. Bosh ishonchnoma yoki ishonchnoma asosida avtotransportni boshqaruvchilar bu xizmatdan foydalana olmaydi.
My.gov.uz orqali taqiqni tekshirish xizmati – bepul. Javob ham bir zumda taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun: mazkur xizmat orqali sud, ichki ishlar, soliq va bojxona organlari, Majburiy ijro byurosi, notarial idoralar tomonidan qo‘yilgan qarzdorlik, kredit majburiyati, ijro hujjati va boshqa sabablarga ko‘ra belgilangan taqiqlarni aniqlash imkoniyati mavjud.
O‘zA