Avtomobil zavodiga ekskursiya
Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari, yoshlar yetakchilari va “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari uchun Jizzax viloyatidagi “BYD Uzbyekistan Factory ” avtomobil zavodiga ekskursiya uyushtirildi.
Respublika poytaxtidan milliy liboslarda kelgan mehmonlar uchun sayohat mobaynida zavod faoliyati, bu yerda ishlab chiqariladigan avtomobillar, korxonada yoshlarga yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar hamda ma’muriyatning rejalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
[gallery-22116]
Mehmonlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Yirik ishlab chiqarish korxonalariga bu kabi sayohatlar yoshlarning kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashiga ko‘maklashadi, ularda tadbirkorlikka ishtiyoq uyg‘otishga xizmat qiladi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari