English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtomobil turar joylari mol-mulk solig‘i ob’ektlari qatoriga kiritildi
16:28 / 2021-01-29

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Shodiyor Ahmedov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, 2021 yildan boshlab jismoniy shaxslarning ko‘p qavatli uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari mol-mulk solig‘i ob’ektlari qatoriga kiritildi.

Avtomashina turar joylari uchun xuddi jismoniy shaxs turar joyi uchun to‘lanadigan mol-mulk solig‘i stavkasida, ya’ni kadastr qiymatidan 0,23 foiz stavkada to‘lanadi. Masalan, avtomashina turar joyining kadastr qiymati 11 million so‘m. Avtomashina turar joyining yillik mol-mulk solig‘i miqdori 11 million so‘m x 0,23 foiz = 25 ming 300 so‘mni tashkil qiladi.

Oldingi yillarda jismoniy shaxslar ushbu noturar joylar uchun yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan stavkada (2 foiz) mol-mulk solig‘ini to‘lar edi. Ya’ni, 11 milliondan 2 foiz = 220 ming so‘m (9 baravar ko‘p).

2020 yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanma mablag‘i 100 million so‘mdan oshgan tadbirkorlik sub’ektlari onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishga o‘tishlari shart.

2020 yilda alkogol va tamaki mahsulotlari, dori-darmon, avtomobillarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz yoqilg‘isi savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishga o‘tkazildi.

Qolgan naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlik sub’ektlari joriy yilda bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.

 

 

O‘zA