Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtomobil sanoati pandemiyadan avvalgi holatiga qayta olmayapti
15:45 / 2022-07-25

Avtomobil sanoati hamon pandemiyadan avvalgi holatiga qayta olmayapti.

Komponentlar yetkazib berilishidagi uzilishlar, ayniqsa, yarimo‘tkazgichlar taqchilligi, qolaversa, Xitoyda COVID-19 infeksiyasi tarqalishi yana avj olgani sababli joriy qilingan cheklovlar hali ham dunyo avtomobil sanoati yuksalishiga to‘sqinlik qilmoqda va sohada talabni qondira olmayapti. Masalan, Yevropada yangi avtomobillar savdosi iyun  oyi natijalariga ko‘ra, taxminan  1,1 million donani tashkil etdi. Bu avvalgi yil iyun oyi bilan taqqoslaganda 16,8 foizga kamdir.  

Yevropa avtomobilsozlari assotsiatsiyasi (ACEA) ma’lumotlariga ko‘ra, mana 11 oydirki, sohada salbiy dinamika kuzatilmoqda. Qolaversa, mazkur holat mavjud muammolardan tashqari, Ukraina bilan bog‘liq logistik uzilishlar sababli yanada murakkablashgan.   

«Kazinform» xalqaro axborot agentligining Energyprom.kz saytiga tayanib yozishicha, joriy yilda yangi avtomobillar savdosida Yevropa mamlakatlari orasida Germaniya yetakchilik qilgan, ya’ni mamlakatda  iyun oyida 224,6 mingta avtomobil sotilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,1 foizga kamdir. Keyingi o‘rinda 171,1 mingta mashina bilan Fransiya bormoqda. Biroq Fransiyada ham ko‘rsatkich avvalgi yilning shu davriga nisbatan 14,2 foiz kam. Kuchli uchlikdan Buyuk Britaniya ham joy oldi. Bu mamlakatda bu yil 141 mingta avtomobil sotilgan bo‘lib minus  24,3 foizni, ya’ni 1996 yildan buyon eng past ko‘rsatkichni qayd etmoqda.   

Eng achinarli ahvol Rossiya va Belarus avtomobil sanoatida  kuzatilmoqda. Masalan Rossiyada bu yil avtomobil savdosi bir yo‘la 82 foizga tushib ketdi. 2022 yilning iyun oyida Rossiyada atigi 27,8 mingta avto sotilgan. Belarusda ham ahvol chatoq, ya’ni  68 foizga qisqargan. Mamlakatda iyun oyida atigi 1,1 mingta mashina sotilgani ytilmoqda.   

Umuman, Yevropada sotilgan yangi avtomobillar soni joriy yilning birinchi yarmida 5,6 million donani tashkil etdi va sohada avvalgi yilning shu davriga nisbatan 17,7 foizlik pasayish qayd etildi. Rossiyada yarim yilda avtomobil savdosi 57 foizga tushib ketdi va 370,2 mingtani tashkil etgan. Belarusda esa o‘tgan olti oyda yangi avtomobillar savdosi 47,2 foizga tushib, jami 11,9 ming donani tashkil etdi.  

Qo‘shni Qozog‘istonda esa avtomobilslozlik bilan bog‘liq vaziyat anchayin yaxshi ekani aytiladi. Masalan, iyun oyida yangi avtomobillar savdosi 11,9 ming donani tashkil etgan. Bu 2021 yilning iyun oyi bilan solishtirganda atigi 1,1 foizga kam digani. Yana bir e’tiborli jihati, Qozog‘istonda sotilgan jami avtomobillarning 83,5 foizi mamlakatda ishlab chiqarilgan mashinalar. Umuman, joriy yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatda 51,9 mingta yangi avtomobil sotilgan. Bu yilgi olti oyda o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 8 foiz kam mashina sotilgan.   

Qozog‘istonda jami sotilgan avtomashinalarning yarmi uchta megapolisga – Olma-ota (3 ming), Nur-Sulton (2,5 ming) va Shimkent (1,4 ming) shaharlariga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, Qarag‘anda va Kostanayda ham anchagina ko‘p avtomobil sotilgan.

Qozog‘istonda eng ommabop mashina modellari hamon  Chevrolet Cobalt (2,5 ming dona), Chevrolet Nexia (1,2 ming dona) va Hyundai Tucson (727 ming dona) bo‘lib turibdi. Eng ommabop avtomobillar o‘ntaligiga Hyundaining bir yo‘la to‘rtta modeli  (Tucson, Elantra, Sonata va Santa Fe) kirdi. Bundan tashqari, eng ommabop mashinalarga Chevroletning ikkita modeli (Cobalt va Nexia) hamda  Kia (Sportage va Soul) kiritildi, shuningdek, Lada (Granta) va Toyota (Land Cruiser Prado) him o‘ntalikka kira olgan.