Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtomobil oynalarini qoraytirish "og‘ir" jinoyatmi? (+video)
10:25 / 2024-05-11

So‘nggi yillarda avtomobil oynalarini qoraytirish masalasi ijobiy tomonga o‘zgarayotgani sir emas. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, quyosh nurlari orqali inson tanasiga tushadigan ultrabinafsha va infraqizil nurlar terida dog‘lar (pigmentlarni) hosil qiladi va "saraton" kasalligi kelib chiqishiga olib keladi.

Shu o‘rinda o‘lkamizga kirib kelayotgan jazirama yoz oylarida quyosh nurlaridan saqlanishda avtomobil foydalanuvchilari uchun qulaylik yaratilishi talabdan ham ko‘ra, inson salomatligi uchun tabiiy ehtiyojga aylanmoqda.  

Advokat Kamoliddin Baxavadinov "tonirovka"ga qo‘yilgan talablar, shuningdek, belgilangan narxlarning yuqoriligini, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasidagi ayrim kamchiliklar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/sVTaL5Ai8n4?si=_ApOWYmY_TolNevb" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (O‘zA)