Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtomobil muammosi hal etildi
13:41 / 2026-01-05

Fuqarolarning avtomobil xaridi, uni yetkazib berish hamda kafolatlangan servis xizmatlari bilan bog‘liq murojaatlari Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan doimiy nazoratga olinmoqda.

Murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish va qonuniy choralar ko‘rish orqali iste’molchilarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha hududlarda aniq amaliy natijalarga erishilmoqda.

Hududlarda ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Buxoro viloyatida sifatsiz yoqilg‘i sabab avtomobilga yetkazilgan 14,4 million so‘m zarar iste’molchiga to‘liq qoplab berildi. Jizzax viloyatida nuqsonli motorli “Chevrolet Tracker” avtomobili yangisiga almashtirildi.

Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida belgilangan muddatda yetkazilmagan “Cobalt” avtomobillari fuqarolarga topshirilishi ta’minlandi. Navoiy viloyatida “ONIX” avtomobilidagi nuqsonlar bartaraf etilib, akkumulyator yangisiga almashtirildi. Surxondaryo viloyatida 173 million so‘mlik “Chery” avtomobili kafolat doirasida to‘liq ta’mirlandi.

Toshkent viloyatida kafolatdagi “KIA Sonet” avtomashinasi bepul ta’mirlandi. Toshkent shahrida nuqsonli “Damas-2” avtomobili yangi, sifatlisiga almashtirib berildi.

Ko‘rilgan choralar iste’molchilarning qonuniy huquqlari amalda himoya qilinayotganini, murojaatlar esa natijasiz qolmayotganini yana bir bor tasdiqladi.

N.Rahmonova,

O‘zA