Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtomobil haydash huquqiga oid 1,4 milliondan ortiq ishonchnoma rasmiylashtirildi
08:11 / 2026-02-05

Tahlillarga ko‘ra, my.gov.uz portali orqali eng ko‘p foydalanilgan xizmat turi – avtomobil haydash huquqini beruvchi elektron ishonchnoma rasmiylashtirish bo‘lmoqda.

O‘tgan yilda bu yo‘nalishda 1,4 milliondan ortiq ishonchnoma masofadan tasdiqlangan.  Bu ko‘rsatkich notarial idoralardagi navbatlarning kamayishiga va fuqarolarning vaqti tejalishiga bevosita xizmat qildi.

Bundan tashqari, yo‘lovchi va yuk tashishga oid litsenziya rasmiylashtirish 375,4 ming, oynalar tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma olish 333,7 mingni tashkil etgan.

132,3 mingta sug‘urta polisi rasmiylashtirilgan. 19,6 ming gaz uskunasi o‘rnatishga ruxsat olingan. 16,9 ming reklama pasporti,  11,1 ming haydovchilik guvohnomasi berilgan.  

N.Abduraimova, O‘zA