French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtomatlashtirilgan sanitar-gigiyenik shoxobcha tashkil etildi
09:15 / 2023-03-30

Poytaxtimizda soha mutasaddilari ishtirokida mazkur sanitar-gigiyenik shoxobchasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar Mirobod tumani Lokomotiv ko‘chasida joylashgan ushbu shoxobcha erkaklar, ayollar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan hojatxonalar, yuvinish xonasi hamda xodimlar uchun mo‘ljallangan xonadan iborat.  

– Vazirligimiz tashabbusi bilan tadbirkorlik sub’ektlariga zamonaviy sanitar-gigiyenik shoxobchalarni qurish uchun 80-100 kvadrat metr o‘lchamda yer maydonlarini elektron auksionga qo‘ymasdan olish imkoniyati yaratilgan edi, – deydi Madaniyat va turizm vazirligi bo‘lim boshlig‘i Muhayyo Hayitova. – Mazkur imtiyoz natijasida respublika bo‘yicha 150 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlariga zamonaviy sanitar-gigiyenik shoxobchalar qurish uchun yer maydonlari ajratildi. Shu jumladan, Toshkent shahar hokimligining tegishli qarori bilan Mirobod tumani Lokomativ ko‘chasi, 4-uy, 5-xonadon yonidagi bo‘sh turgan yer maydoni tadbirkor Kamoliddin Donoboyevga zamonaviy sanitar-gigiyenik shoxobcha qurish uchun berildi. Tadbirkor esa bugun barcha qulayliklarga ega, avtomatlashtirilgan, smart rejimi asosida ishlaydigan shoxobchani foydalanishga topshirdi. Kelgusida bunday shoxobchalarning sonini yanada oshirish, boshqa hududlarda ham kunu tun ishlaydigan shoxobchalar qurish rejalashtirilgan.  

Mazkur shoxobchaning asosiy afzalligi, uning avtomat rejimda ishlashi va eng zamonaviy sanitar-gigiyenik moslamalar bilan jihozlanganligidadir. Qolaversa, bu yerda jismoniy imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yosh bolali ota-onalar uchun ham sharoitlar yaratilgan.  

Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozimki, mamlakatimizda 2017 yilda jami 200 ta sanitar-gigiyenik shoxobcha faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib ularning soni 7 ming 594 taga yetdi. Shulardan 3 ming 921 tasi yangi qurilgan, 3 ming 673 tasi esa qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgan.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA