French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtomatlashtirilgan logistik boshqaruv tizimlarida axborotlar almashinuvi jarayonlarining ilmiy-uslubiy asoslari
12:16 / 2023-05-26

Abdusobirjon Abduraxmonovich SAIDOV Professor texnika fanlari doktori Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti Toshkent, O‘zbekiston Sherzod Odilovich SHARIPOV o‘qituvchi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Toshkent, O‘zbekiston

PDF shaklida yuklab olish

Annotatsiya

Maqolada avtomatlashtirilgan logistik boshqaruv tizimlarida axborotlar almashinuvi jarayonlarining ilmiy-uslubiy asoslari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, korporativ logistik axborot tizimlarida ma’lumotlar almashinuvi, axborot oqimi, moddiy oqim hamda transport oqimi jarayonlarining optimal usullari asoslangan. Avtomatlashtirilgan logistik boshqaruv tizimlarida axborotlar almashinuvi jarayonlari samaradorligini oshirish modellari va algoritmlarini ishlab chiqish hamda dasturiy vositalarini yaratish uchun eng optimal yondashuvlar belgilab olingan. Eksperimental tahlillar yordamida korrelyatsiya amallari bajarilgan. Axborot oqimi samaradorligini oshirish borasida ilmiy va amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.

Tayanch so‘zlar: avtomatlashtirilgan logistik boshqaruv tizimi, axborot oqimi, moddiy oqim, transport oqimi, optimallashtirish.