Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtomashinani mast holatda boshqargan haydovchi
10:27 / 2023-05-02

Transport vositasini mast holatda hamda sug‘urtasiz boshqargan haydovchidan BHMning 40 baravarida jarima undirildi.

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining 2021 yil 29 noyabrdagi qaroriga asosan qarzdor I.P. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasi 2-qismi, 135-1351-moddasi, 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topildi.  Undan davlat foydasiga BHMning 40 baravari miqdorida 9 million 800 ming so‘m jarima undirish belgilandi.  

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga bu borada barcha huquq majburiyatlari tushuntirilib,  ixtiyoriy 15 kunlik muddat berilgan.    

Qarzdor fuqaro tomonidan taqdim qilingan to‘lov pattaga asosan davlat foydasiga  9 million 800 ming so‘m jarima to‘liq undirildi.    

 

Marg‘uba Amonova  

Majburiy ijro byurosining  

Toshkent shahar boshqarmasi  

katta inspektori