Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtomashina davlat raqamini o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
10:40 / 2023-04-25

Toshkent shahrida yashovchi fuqaro A.G “102” xizmatiga murojaat qilib, opasi K.M.ga tegishli bo‘lgan “Moskvich" rusumli avtoulovdan old va orqa tomonlardan davlat raqami belgilari noma’lum shaxs tomonidan yechib olinganini ma’lum qilgan. Davlat raqami belgilarini topish va yechib olgan noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani ichki ishlar organi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida bu qilmishni 19 yoshli T.J. sodir etgani aniqlangan. Undan jabrlanuvchiga tegishli avtoulovning davlat raqami belgilari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.  

Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi so‘roq qilinib, undan nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urgani so‘raldi. U o‘zining tanishi bo‘lgan X.U. boshqarib yurgan “Lacetti Gentra”ga ko‘p jarimalar kelib, ularni to‘lashga mablag‘i bo‘lmagani va avtoulov jarima maydonchasiga joylashtirilishidan qo‘rqib, unga yordam bermoqchi bo‘lganini aytdi. 

“Moskvich"dan davlat raqami belgilarini yechib olib, tanishi boshqaradigan qora rangli “Lacetti Gentra” rusumli avtoulov davlat raqami belgilari bilan almashtirib qo‘yganini ma’lum qildi.  

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentidan ma’lum qilishlaricha, ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 

N.Abduraimova,

O‘zA