Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtokrosschilar bahsi
12:08 / 2026-02-14

Urgut tumanidagi maxsus avtodromda O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan avtokross sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogining birinchi bosqich musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan 60 nafardan ortiq sportchi g‘oliblik uchun bahslarda ishtirok etmoqda. Belgilangan nizomga muvofiq, sportchilar “A7”, “A8”, “NU” va “Baggi” sinflariga kiruvchi sport avtomobillarida o‘z mahoratlarini namoyish qilmoqda.

– Musobaqani yuqori sur’atda o‘tkazish uchun viloyat hokimligi hamda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda tayyorgarlik ko‘rildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Samarqand viloyat kengashi raisi Bekzod Rahimov. 

[gallery-undefined]

– Avtokross sport turi ham yil sayin ommalashib bormoqda. Viloyatimizda bugungi kunda 40 nafar sportchi ushbu tur bilan shug‘ullanadi. Mashg‘ulotlar uchun maxsus avtodromimiz mavjud. Sportchilar tinimsiz mashg‘ulotlar o‘tkazib o‘z mahoratlarini oshirib borsa, nafaqat mamlakat miqyosidagi, balki xalqaro musobaqalarda ham yuqori natijalarga erishadi. Birinchi kungi bahslarda barcha ishtirokchilar yuqori tayyorgarlikka ega ekanliklarini ko‘rsatdi. Yakunda eng mahoratli sportchilar g‘oliblik shohsupasidan joy oladi, albatta.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari 14-fevral kungi bahslardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dng3iORl9zE" title="Avtokrosschilar bahsi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA