Qoidabuzar O.A. o‘zining boshqaruvidagi boshqa “SPARK” rusumli avtomashinasini Nukus shahri A.Shamuratova ko‘chasida boshqarib kelayotib, bosh yo‘lda kelayotgan “KIA SONET” rusumli avtomashinaga yo‘l bermasdan avtohalokat sodir etgani oqibatida ushbu avtomashinaga jami 40 mln. so‘m moddiy zarar yetkazgan.
Yetkazilgan zararlarni undirish haqida Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi tomonidan 2025 yil 13 oktyabrda qaror qabul qilingan. Ushbu sud qaroriga asosan chiqarilgan ijro varaqa Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Xususan, qarzdorga 15 kunlik muddat ichida sud qarori ijrosi ta’minlanishi kerakligi, aks holda qo‘shimcha ijro yig‘imi qo‘llanilishi, shuningdek ma’muriy jarimaga tortilishi mumkinligi haqida tushuntirish ishlari olib borilgan.
Shuning natijasida, jabrlanuvchi Byuroning Nukus shahar bo‘limiga 2025 yilning 22 dekabr kuni kelib, yetkazilgan 40 mln. so‘mdan ortiq moddiy zararni to‘lig‘i bilan olgani haqida bildirishnoma bergan.
M.Qosimova, O‘zA