Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtobus halokati oqibatida 14 kishi xayotdan ko‘z yumdi
12:25 / 2022-05-19

Meksikaning g‘arbiy qismidagi Xalisko shtatidagi Tukskueka-Sital trassasida fermer xo‘jaligi ishchilarini olib ketayotgan avtobus boshqaruvni yo‘qotib, devorga urilgan.

Bu falokat 14 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deb xabar berdi shtat fuqarolik muhofazasi agentligi.

“Avtomobil  Xokotepeka tomon ketayotgan edi, tormoz tizimi ishlamay qolgandek, haydovchi transport vositasini to‘xtatishga urinib ko‘rdi va yo‘l chetidagi devorga avtobus urildi. Hodisa oqibatida 20 kishi jabrlandi... Hozirgacha 14 kishi halok bo‘ldi”, – deyiladi xizmat ijtimoiy tarmoqlarida.

Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, avtobus mahalliy hokimiyat bilan kelishilgan holda reza mevalar ishlab chiqaruvchi kompaniya xodimlarini olib ketayotgan bo‘lgan. Mashina haydovchisi vafot etgan.