Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avstriyada vaksina olishdan bosh tortgan fuqarolarga jarima solinadi
16:52 / 2021-12-02

Avstriyada 2022 yil fevral oyidan boshlab koronavirusga qarshi vaksina olishdan bosh tortgan fuqarolar jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda Izvestiya nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “emlanishdan bo‘yin tovlaganligi uchun” deb 7,2 ming yevrogacha jarima solinadi, to‘lashdan bosh tortsa, o‘sha shaxsga 4 oylik qamoq jazosi tayinlanadi. Mamlakatda COVID-19 kasalligi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashib bormoqda, fuqarolarning hayoti xavf ostida ekani aytilmoqda. 

Nafaqat Avstriyada, balki so‘nggi bir necha kundan buyon butun dunyoda infeksiyani yuqtirish holatlari ortgani xabar qilinmoqda. Shu bois, koronavirusga qarshi kurashishning eng samarali va yagona chorasi vaksinatsiya, deya hisoblanmoqda. Kuni kecha 106 yoshli xitoylik erkak emlandi, mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinatsiya qilingan eng keksa fuqaroga aylandi. Qayd etilishicha, xitoylik shifokorlar 60 yoshdan oshgan fuqarolarni emlashda ancha yaxshi statistikaga ega. Buyuk Britaniyada esa rasmiylar koronavirusning “omikron” shtammi tarqalishi munosabati bilan avtomobil, do‘kon, bank va sartaroshxonalarda niqobda bo‘lish talabini qaytadan joriy qilgan.