Avstriyada ko‘chkilar ostida qolib ketgan 3 nafar chang‘ichi halok bo‘ldi
Avstriyada ko‘chkilar ostida qolib ketgan chang‘ichilarning uch nafari halok bo‘ldi, yana ikki nafari jarohatlandi, deb xabar beradi politsiya ma’lumotiga asoslangan Assoshieyted Press agentligi.
Ma’lumotga qaraganda, 11 chang‘ichidan iborat bo‘lgan guruh Zalsburg federal yerida safarga chiqqan.
Sakkiz nafari 200 metrli qor ko‘chkisi ostida qolgan.
Ularning ichidan ikkitasini chiqib olishga muvaffaq bo‘lingan. Halok bo‘lgan 19 dan 24 yoshgacha bo‘lgan chang‘ichilar Avstriya fuqarolari bo‘lgan.