Avstriyada inflyatsiya so‘nggi 47 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi
Avstriya federal statistika idorasi ma’lumotiga ko‘ra, Avstriyada yillik inflyatsiya 1975 yildan buyon eng yuqori daraja - 9,3 foizni tashkil etdi.
“2022 yil iyul oyida inflyatsiya darajasi 9,3 foizga ko‘tarildi. Bu 1975 yil fevralidan beri eng yuqori ko‘rsatkich”, - dedi muassasa bosh direktori Tobias Tomas.
Uning ta’kidlashicha, birinchi navbatda yonilg‘i, maishiy energiya, oziq-ovqat mahsulotlari va umumiy ovqatlanish sohasida narx oshgan.
“Narx sakrashi, ayniqsa, haftalik xaridda seziladi. Oziq-ovqat va xizmatdan tashqari yonilg‘ini ham o‘z ichiga olgan mini-savat narxi iyul oyida 19,1 foiz, ya’ni ikki barobar o‘sdi”, dedi Tobias.