Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avstriya sanoat texnologiyalari rivoji sustligidan tashvishda
22:33 / 2026-01-23

Avstriya hukumati mamlakatni qayta sanoatlashtirish va texnologiya mustaqilligini mustahkamlash umidida 2035 yilgacha mo‘ljallangan strategiya ishlab chiqdi. Kansler idorasi bayonotida to‘qqiz asosiy texnologiya – sun’iy intellekt va mitti chipdan energetika va aviatsiyagacha qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlangan. Buning uchun taxminan 2,6 milliard yevro ajratilgan.

– Sun’iy intellekt va ma’lumot innovatsiyasi, chip, elektron komponent va tizim, ilg‘or ishlab chiqarish, kvant, robototexnika, fotonika va ilg‘or materiallar, fizika va biologiya, energiya va atrof-muhit, mobillik, fazo va aviatsiya texnologiyalari ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilab olindi, – deyilgan hisobotda.

– Vazirlar Kengashi federal hukumat tomonidan ijtimoiy sheriklar, sanoat va boshqa ko‘plab sohalar mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqilgan yirik amaliy dasturni taqdim etdi, – deya izoh bergan rasmiylar.

Hujjat olti yo‘nalishni ifodalagan 114 chora-tadbirni o‘z ichiga olgan: tadqiqot va innovatsiyani qo‘llab-quvvatlash, energetika va infratuzilmani rivojlantirish, ishchi kuchini o‘qitish, Yevropa va geosiyosiy muammolarni hisobga olgan holda, iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash.

Iqtisodiyot vaziri Volfgang Xattmansdorfer ta’kidlashicha, sanoat mamlakatda farovonlik va bandlik asosi bo‘lib qolmoqda. Shu bois hukumat qayta sanoatlashtirishni jadallashtirish niyatida.

Hujjatga ko‘ra, 2035 yilga kelib Avstriya sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR)ga a’zo davlatlar kuchli o‘nligiga kirishi lozim.

Eng rivojlangan 38 davlatni birlashtirgan OESR iqtisodiy taraqqiyot va xalqaro savdoni kengaytirish maqsadida faoliyat ko‘rsatadi. Tashkilot tarkibida Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Germaniya, Kanada, SSHA, Fransiya, Yaponiya, Kolumbiya, Kosta-Rika kabi a’zolar bor.

S.Rahimov, O‘zA