Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avstriya O‘zbekistonga 150 ming doza koronavirusga qarshi vaksina yubordi
15:11 / 2021-11-26

Avstriyadan O‘zbekistonga COVID-19ga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash doirasida 150 ming doza “AstraZeneca” vaksina jo‘natildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qilmoqda.

O‘zbekistonning Venadagi EXHT va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy missiyasi ma’lumotiga ko‘ra, vaksinalar Avstriya hukumati tomonidan beg‘araz yordam va mustahkam do‘stlik ramzi sifatida taqdim etilgan.  

Xabarda qayd etilishicha, mamlakatimizning Venadagi elchisi Abat Fayzullayev Avstriya tashqi ishlar vazirligi vakillari bilan birgalikda Toshkentga insonparvarlik yuklarini jo‘natish marosimida ishtirok etdi. Vaksinalarni manzilga bezarar yetkazib berish uchun tomonlar tibbiy mahsulotlarni tashishning barcha jihatlarini ta’minlashni nazarda tutgan. Xususan, vaksinalar maxsus sovutgichli konteynerga joylashtirildi. Unda sovutish jarayoni va 2-7 darajali harorat ta’minlanadi.

Yukni Toshkentga yetkazish «Vie Pharma Handling Center» maxsus trasport xizmati tomonidan amalga oshirilmoqda. Gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga Avstriya Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Mixael Linxartning 7-8 noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan edi.

 

O‘zA.