Avstriya maktabida otishma
Avstriyaning Grats shahridagi maktabda yuz bergan otishma oqibatida halok bo‘lgan va yaralanganlar bor. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Politsiya matbuot kotibi Frits Grundnig aytishicha, voqea Drayershyutsengassdagi ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan.
Otishmada ko‘plab talaba va o‘qituvchilar jabrlangan. Jon berganlar ham borligi aytilmoqda.
Avstriya matbuoti yozishicha, jinoyatchi kutilmaganda o‘t ochgan va keyin o‘z joniga qasd qilgan.