Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avstriya kansleri Putin bilan Baydenning uchrashuvini Venada o‘tkazishni taklif etdi
15:16 / 2021-04-19

Avstriya kansleri Sebastyan Kurs Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin bilan Jo Baydenning bo‘lajak uchrashuvi Venada uyushtirilishi o‘zi uchun sharaf ekanini aytib, Avstriya tomoni ushbu masalada ikki tomon bilan ham aloqada bo‘lib turganini qo‘shimcha qildi.

"Muloqot va bahs-munozara uchun betaraf mamlakatlar bor. Biz bu masalada Rossiya va AQSH tomoni bilan allaqachon aloqadamiz. Agar bunday uchrashuv haqiqatan ham bo‘lib o‘tsa, demak to‘g‘ri yo‘ldan boryapmiz. Men har doim o‘zaro muloqot boshqa har qanday yo‘ldan yaxshi, deb hisoblayman. Agar ushbu uchrashuv Avstriyada bo‘lib o‘tsa biz bundan favqulodda xursand bo‘lamiz", — dedi Kurs mahalliy Pioneer portaliga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, kanslerning ta’kidlashicha, Avstriya o‘zining roliga katta baho berib yubormasligi kerak, chunki u vositachilik vazifasini bajarayotgani yo‘q.

Bundan avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga uchinchi mamlakatlarning birida yuzma-yuz uchrashish taklifini ilgari surgan edi.