Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avstriya Eron yadroviy qurol ishlab chiqarish ustida ishlayotganini ta’kidlamoqda
15:26 / 2025-05-29

Avstriya razvedkasi Eron o‘z yadroviy qurol dasturini davom ettirayotganini da’vo qilmoqda, deb xabar tarqatdi Amerikaning “Fox News” telekanali ushbu mamlakat Konstitutsiyani himoya qilish va terrorizmga qarshi kurash federal boshqarmasi (BVT) hisobotiga tayanib.

– Eronning yadro quroli dasturi jadal sur’atda amalga oshirilmoqda, mamlakatda yadro kallaklarini uzoq masofaga yetkazib bera oladigan ballistik raketalar soni ortmoqda, – deya hujjatdan iqtibos keltirgan telekanal. Shuningdek, hisobotda Eron razvedka xizmati, go‘yoki, harbiy texnika, eng zaur texnologiya va ommaviy qirg‘in quroli uchun material sotib olish bo‘yicha cheklovni chetlab o‘tish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan yaxshi tanishligi ta’kidlangan.

Ma’lumki, Eron va Qo‘shma Shtatlar O‘mon vositachiligida besh marta bilvosita muzokara o‘tkazdi. Oxirgisi 23 may kuni Rimda bo‘lib o‘tgan muloqot yakunida tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chiy O‘mon tomoni taklif etgan mexanizmni e’lon qildi va bu hujjat muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga yordam berishini ta’kidladi.

Beshinchi tur oldidan tomonlar qarama-qarshiligi yana keskinlashdi. AQSH Eron uranni boyitishdan voz kechishi lozimligini talab qildi. Afsuski, bu so‘rov rad etilib, ayni holda tomonlar kelisha olmasligini ma’lum qildi. Shu bilan birga Eron uranni boyitish darajasini pasaytirish imkoniyatini tan oldi, dasturning tinch xususiyatini namoyish qilish uchun yadroviy faoliyat ustidan ko‘proq nazorat o‘rnatishga tayyorligi haqida ham gapirdi. Dunyoning yetakchi davlatlari ko‘p yildan buyon Eronning yadroviy dasturini to‘xtatishga harakat qilib kelmoqda.

S.Rahimov, O‘zA