Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avstraliyada yuk mashinasi maktab avtobusi bilan to‘qnashib ketdi
15:29 / 2023-05-17

Avstraliyada yuk mashinasi va maktab avtobusi to‘qnashuvi oqibatida kamida yetti o‘quvchi jiddiy jarohat olgan.

“Sky News” nashri xabaridan ma’lum bo‘lishicha, Melburn markazidan 30 mil g‘arbda yuk mashinasi yengil atletika musobaqasidan so‘ng 45 nafar bolani boshlang‘ich maktabga olib ketayotgan avtobusning orqa tomoniga urilgan. Natijada avtobus ag‘darilib, bir necha bola salon ichida qolib ketgan.

Jabrlanganlar birozdan so‘ng kasalxonaga yetkazilgan.