Avstraliyada vertolyotlar to‘qnashib ketdi
Avstraliyaning sharqiy tomondan okean bilan tutash hududi uzra parvoz qilayotgan ikki vertolyot kutilmaganda bir-biriga urildi.
Natijada 4 kishi nobud bo‘ldi, kamida 13 odam jarohatlandi.
«Gold-Kost shahri osmonida ikki vertolyot to‘qnashdi, - deb yozdi «Gold Cost Bulletin» nashri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Kvinslend shtati «Tez yordam» xizmati ma’lum qilishicha, voqea joyiga shoshilinch tibbiy yordam guruhi yetib kelgan.