Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avstraliyada halokatli suv toshqini
15:16 / 2025-02-03

Uch kundan buyon davom etayotgan rekord darajadagi yog‘ingarchilik tufayli Avstraliya shimoli-sharqini suv bosdi. Rasmiylar aholini vayronagarchilikka tayyorlanish zarurligidan ogohlantirgan.

Kecha bir kishi cho‘kib ketgani ma’lum qilindi. Og‘ir vaziyat tufayli qirg‘oq bo‘yi va shaharlardan minglab aholi zudlik bilan ko‘chirilishi kutilmoqda. CNN xabarida eng ko‘p zarar ko‘rayotgan hududlar sifatida Kvinslend qirg‘og‘i bo‘ylab 735 kilometrga cho‘zilgan Kerns, Makkay, Taunsvil, Ingam va Karvell shaharlari qayd etilgan.

Shtat Atrof-muhit, fan va innovatsiyalar departamenti odamlarni timsohlardan ham ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.