Avstraliyada baxtsiz hodisa oqibatida yosh bola va qiz halok bo‘ldi
Avstraliyaning Tasmaniya orol shtatidagi maktabda shamol tufayli 10 metr balandlikka ko‘tarilgan batutdan yiqilib, 5 nafar bola halok bo‘ldi, yana 4 nafari og‘ir ahvolda.
Tasmaniya politsiyasi komissari Darren Xinening so‘ziga ko‘ra, halok bo‘lgan bolalar orasida oltinchi sinfda o‘qiydigan ikki o‘g‘il va ikki qiz bo‘lgan.
Politsiya beshinchi bola kasalxonada vafot etganini tasdiqladi. Yana to‘rt nafari og‘ir ahvolda davolanmoqda.
— Voqeani aqlga sig‘dirib bo‘lmaydi, — deydi Tasmaniya bosh vaziri Piter Gutvayn. — Bu baxtsiz hodisa oilalar va maktab hamjamiyati uchun qayg‘uli voqea bo‘ldi.
Ulug‘bek Mahmirzayev