Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avstraliyada akula odamlarga hujum qildi
23:06 / 2025-11-27

Avstraliya sharqidagi Yangi Janubiy Uels ma’muriy hududida akula hujumi oqibatida bir ayol halok bo‘ldi, yana bir erkak kishi jarohatlandi, deb xabar tarqatdi ABC telekanali.

Ma’lumotga ko‘ra, qirg‘oqdagilar ayolga yordam berishga harakat qilgan, ammo tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelgunicha juvon jon taslim qilgan. Erkak og‘ir ahvolda kasalxonaga joylashtirilgan. Hodisa sodir bo‘lgan qumli sohil majmuasi hujumkor akulani qidirish uchun yopilgan.

S.Rahimov, O‘zA