French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avstraliya sohillarida bortida 21 kishi bo‘lgan yuk kemasi halokatga uchramoqda
15:08 / 2022-07-04

Bortida 21 kishi bo‘lgan yuk kemasi Avstraliyaning Sidney shahri yaqinida halokatga uchramoqda, deb xabar berdi mahalliy 9News telekanali politsiya bergan ma’lumotga tayanib.

Ta’kidlanishicha, kema kuchli suv to‘lqini tufayli Sidney janubidagi Qirollik parkida suvlikda harakatlana  olmay qolgan. U hozir sohildan taxminan bir kilometr uzoqlikda turibdi. 

"Kema ekipaji 21 kishidan iborat bo‘lib, ularni  havo orqali qutqarish taklifi ilgari surildi. Men Avstraliya dengiz xavfsizligi boshqarmasi bilan gaplashdim, ular qutqaruvning bunday usuli hozirda xavfli ekanini aytishdi va qutqaruv amaliyotini keyinga qoldirdi", – dedi Yangi Janubiy Uels shtati politsiyasi.  

Telekanalning ma’lum qilishicha, falokat sodir bo‘lgan joyga hazirda shatakka oluvchi kema jo‘natilgan.