Sidney “COVID-19” epidemiyasini bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.
Endi Avstraliyaning ikki shtati Yangi Janubiy Uels bilan Sidney uchun o‘z chegaralarini qayta ochadi.
Janubiy Avstraliya va Kvinslendda sayohatga ruxsat berildi, biroq hozircha cheklov haftada faqat ikki kun – yakshanba va dushanba bekor qilinadigan bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hududda yuqumli virus 11 kundan buyon aniqlanmagan. Bu mamlakat ichki turizmini rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyat, deb hisoblanmoqda.
Pandemiya boshlangandan beri Avstraliyada 22 mingdan ziyod kasallik, 909 ta o‘lim holati qayd etilgan. Bu boshqa ko‘pgina davlatlarga qaraganda ancha past ko‘rsatkich.
So‘nggi oyda rasmiylar vaziyatni yumshatish uchun tezkor va samarali choralar ko‘rdi.
Avstraliya Yangi Zelandiya bilan sayohat targ‘ibotiga doir ishlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu jarayon bir necha oydan beri, ya’ni mamlakatda ushbu kasallik ilk bor aniqlanib, virusning yuqumli ekani tasdiqlanganda to‘xtatilgan edi.
Ayni vaqtda faqat Yangi Janubiy Uelsdan tashrif buyuradiganlar uchun 14 kunlik karantin talabi mavjud.
Ertadan boshlab Sidneyda guruh yig‘ilishi cheklovi ham yumshatiladi. Bundan tashqari, chakana savdo do‘konida niqob taqish ham endi majburiy bo‘lmaydi. Jamoat transportida esa talab qat’iyligicha qoladi.
Hozir Avstraliya virusga qarshi samarali kurashgan davlatlar orasida sakkizinchi o‘rinni egallagan. Maxsus tadqiqot markazi tomonidan shakllantirilgan mazkur ro‘yxatni Yangi Zelandiya va Vetnam boshqarib turibdi.