English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avstraliya politsiyasi yodgorlikni buzishda gumonlangan ikki kishini qoʻlga oldi
13:29 / 2020-06-14

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels provinsiyasi politsiyasi britaniyalik sayyoh-kashfiyotchi kapitan Jeyms Kuk haykalini bejab tashlaganlikda ayblanayotgan ikki shubhali ayolni hibsga oldi.


Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels provinsiyasi politsiyasi britaniyalik sayyoh-kashfiyotchi kapitan Jeyms Kuk haykalini bejab tashlaganlikda ayblanayotgan ikki shubhali ayolni hibsga oldi.

Bir 27, ikkinchisi 28 yoshdagi bu juvonlar ushlanib, politsiya mahkamasiga olib kelindi. Ularning yonida aerozol moddasi solingan idishchalar va boʻyoqlar topilgan.

“Sidney shahri markazida, tadbirkorlik va ishbilarmonlik ravnaq topgan hududda oʻrnatilgan yodgorlikka ziyon yetkazilgandan soʻng ikki nafar ayol qoʻlga olindi”, - deyiladi politsiya bayonotida.

Mahalliy “9 News” telekanali xabariga koʻra, Kuk haykali yot yozuv va rasmlar bilan “bezalgan”. Telekanal namoyish etgan video, foto lavhalarda norozi namoyishchilar yodgorlikda “genotsid faxrlanishga sabab boʻla olmaydi” degan yozuvni qoldirishgani aks etgan.

Avvalroq Avstraliyaning bir necha shaharlarida minglab kishilar qochoqlar va qora tanli aholiga nisbatan zoʻravonlikka qarshi faoliyat yurituvchi “Black Lives Matter” harakatini qoʻllab-quvvatlab chiqqani maʼlum qilingan edi. Namoyishlar va norozilik aksiyalari Perta, Darvin, Rokgempton, Brisben va Melburnni qamrab olgandi. Juma kuni Sidney politsiyasi “Black Lives Matter” harakati bilan aloqador yirik namoyishning oldini olishga muvaffaq boʻldi.