Avstraliya G‘azoga qo‘shimcha 10 million dollar yordam beradi
Avstraliya G‘azo sektori aholisiga qo‘shimcha 10 million dollar gumanitar yordam berishga qaror qilgan. Bu haqda qit’a-davlat yoshlar vaziri Enn Aliga tayanib, “9News” nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ko‘mak BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) orqali Falastin aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun yuboriladi. Vazir so‘nggi 8 oyda Avstraliya qiymati jami 72,5 million dollarga teng insonparvarlik yordami ko‘rsatganiga ham e’tibor qaratgan.
– Isroil Xalqaro sud talab qilganidek, yordam oqimiga ruxsat berishi zarur, – dedi Ali. – Begunoh aholining azobi davom etmasligi kerak.