Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avstraliya AQSHdan uchta Virginia suvosti kemasini sotib oladi
11:14 / 2023-03-14

Avstraliya AQSHdan uchta Virginia turidagi atom suvosti kemasini sotib oladi, ularga keyinroq yana ikkita submarina qo‘shiladi, dedi AQSH ma’muriyatining yuqori lavozimli vakili.

“Avstraliya dengizchilari o‘qitilgandan keyin, mamlakat Qo‘shma Shtatlardan Virginia turidagi uchta suvosti kemasini qurol-yarog‘i bilan sotib oladi, keyinroq agar zarur bo‘lsa yana ikkita suvosti kemasini  sotib olishi mumkin”, – degan u brifingda.  

Uning qo‘shimcha qilishicha, Amerika submarinalarini 2030 yilgacha yetkazib berish rejalashtirilmoqda. Ushbu xarid AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya o‘rtasida Kanberrani atom suvosti kemalari bilan ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli rejaning ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.