Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Unda uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar, bugungi kunda turli sohalarida mehnat qilayotgan sobiq bitiruvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, shuningdek, fakultet tarixi va erishilgan yutuqlar haqida so‘z bordi.
Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ilgari surilgan tashabbuslar haqida ham so‘z yuritildi. Jumladan, oliy ta’lim sohasidagi son ko‘rsatkichlaridan sifat natijalariga erishish muhimligi haqidagi “… sifat kerak endi bizga” degan fikrlari har bir professor-o‘qituvchiga katta mas’uliyat yuklashi qayd etildi.
[gallery-10071]
bugungi kunda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, shu jumladan chet tillari fakultetida talaba yoshlarga chuqur bilim berish, kelajakda ularning yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Yaqinda ushbu fakultet 4 nafar talabasining A.Navoiy hamda I.Karimov nomidagi davlat stipendianti bo‘lganligi buning yaqqol isbotidir.
Tadbirda halol mehnati, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyati bilan navqiron avlodga o‘rnak bo‘layotgan faxriy nuroniylar, boshqa mehmonlar o‘z mashaqqatli hayot yo‘llari, boy ish tajribasi haqida gapirib berdi.
Tadbir ishirokchilariga fakultet talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. Faxriylar va bitiruvchilar bilan dasturxon atrofidagi gurunglarda mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bo‘ldi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA