Mazkur hamkorlik mazmuni aholiga sifatli hayot sug‘urtasi va tibbiy xizmatlar taklif etishni nazarda tutadi. Xususan, mijozlarga eng zamonaviy klinikalarda tibbiy ko‘rikdan o‘tish, muolaja olish va xorij mamlakatlarida davolanish hamda kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli xastaliklardan sug‘urtalashda o‘zaro manfaatli “Panox” loyihasini amalga oshirishdan iborat.
“Panox” savdo belgisi ostida taqdim etilayotgan ushbu ajoyib mahsulot — eng zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlagan nufuzli klinikalarda butun tanani to‘liq Check-up (tibbiy ko‘rik) qilish, turli og‘ir va onkologik kasalliklardan qulay shartlar asosida sug‘urtalanish imkoniyatini yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, "O‘zagrosug‘urta" AJ ta’sisligidagi "Agros hayot” sug‘urta kompaniyasi jahon sug‘urta bozorida "UzLife" tovar va xizmat ko‘rsatish belgisi ostida faoliyat olib boradi. Hayot sug‘urtasi borasida xalqaro tajribaga ega ushbu kompaniya 5 yildan beri sug‘urta shartnomalari soni va to‘lovlar miqdori bo‘yicha bozorda yetakchi hisoblanadi.
Shuningdek, “Panox” loyihasi doirasida mijozlarning sug‘urtaviy javobgarligi Rossiya, Isroil va rivojlangan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlikda qayta sug‘urtalanadi.
“Panox” — Siz va sog‘lig‘ingiz uchun g‘amxo‘rlik qiladi.
Batafsil ma’lumot:
Veb-sayt: panox.uz
Telefon: +99871 2076660
Manzil: Tashkent sh., M. Ulug‘bek t-n, Buyuk Ipak Yuli ko‘chasi 139 B -uy.
Reklama huquqi asosida