Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aviayo‘lovchilar uchun yana bir qulaylik
18:11 / 2016-04-22

“Toshkent” xalqaro aeroportida rekonstruksiya ishlaridan so‘ng yo‘lovchilar uchun yangi Business Lounge (biznes-zal) foydalanishga topshirildi.

“Toshkent” xalqaro aeroportida rekonstruksiya ishlaridan so‘ng yo‘lovchilar uchun yangi Business Lounge (biznes-zal) foydalanishga topshirildi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi xalqaro aviatashuvchilar bozorida o‘zining mustahkam o‘rniga ega. Mustaqillik yillarida aviakompaniya Prezidentimiz rahnamoligida qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida sohada muvaffaqiyatli islohotlarni amalga oshirib, xizmat ko‘rsatish darajasini yangi bosqichga ko‘tardi. Aviayo‘lovchilarga yuqori darajada qulay sharoitlar yaratilgan yangi biznes-zalning rekonstruksiyadan so‘ng ishga tushirilishi bu boradagi ishlarning mantiqiy davomidir.

Aviakompaniya mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, biznes-zal dizaynini yaratishda yangi arxitektura yo‘nalishi va texnologiyalari inobatga olingan. Bu yerda yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va yuklarni tekshirish uchun jahon talablariga javob beradigan zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan.

160 o‘ringa mo‘ljallangan keng va shinam kutish zalining maydoni 350 kvadrat metr bo‘lib, bu yerda yo‘lovchilar uchun o‘yin maydonchasiga ega ona va bola xonasi, yuvinish, tibbiy yordam ko‘rsatish xonalari, savdo do‘koni mavjud. Shinam kafe-barda xilma-xil taom va ichimliklar taklif etiladi. Qulay mebel, keng formatli teleekranlar, bepul Wi-Fi va kundalik matbuot nashrlari yo‘lovchilar ixtiyorida. Shuningdek, yangi zalda jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar uchun ham maxsus xizmat taklif etiladi.