English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Aviasozlar dehqon bozori»da sifatsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi
18:22 / 2022-08-24

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari bilan birgalikda tumandagi «Aviasozlar dehqon bozori»da sanitar-gigiyenik holat bo‘yicha reyd o‘tkazildi.

Natijada sanitariya tartib qoidalariga javob bermaydigan 8 kg. qiyma, 12 kg. go‘sht mahsulotlari, 25 kg. tovuq bo‘yinlari, 17,1 kg. tovuq qanotlari brokeraj qilindi.

Tadbirkor va sotuvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Aholiga sog‘lom turmush tarzi, botulizm va ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish, sanitariya gigiyena qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

O‘zA