Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aviahalokat 13 kishini hayotdan olib ketdi
09:40 / 2019-05-07

Meksikaning Koauila shtati rahbariyati ma’lumotlariga ko‘ra, "Bombardier Challenger 601" biznes jeti qulab tushishi oqibatida 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi.


Meksikaning Koauila shtati rahbariyati ma’lumotlariga ko‘ra, "Bombardier Challenger 601" biznes jeti qulab tushishi oqibatida 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Samolyot bortida Las-Vegasda 5 may kuni meksikalik bokschi ishtirokidagi musobaqadan qaytayotgan yo‘lovchilar bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, samolyot olis tog‘ rayoni Okampoda qulab tushgan. Hozirda hukumat aviahalokat sabablarini o‘rganmoqda. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasi chaqmoqqa duch kelgan, shundan so‘ng uchuvchi favqulodda qo‘nishni amalga oshirishga harakat qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Bombardier Challenger 601 — biznes aviatsiya qulayligini oshirish maqsadida takomillashtirilgan yo‘lovchi samolyoti hisoblanadi. 

Meksikadagi aviahalokat ushbu rusumdagi samolyotlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning o‘n beshinchisidir.