Aviadispetcherlar kasb bayramini nishonlamoqda
20 oktyabr kuni butun dunyoda Xalqaro aviadispetcherlar kuni nishonlanadi.
“Uzbekistan Airways” kompaniyasining rasmiy xabarida aviadispetcherlarning ishi ko‘pincha kadr ortida qolib ketishi, aslida, ularning har birining ortida beqiyos mehnat yotishi qayd etib o‘tilgan. Kompaniya havoda xavfsizlik va ishlarning muvofiqligini ta’minlovchi barcha mutaxassislarni kasb bayrami bilan tabrikladi.
Xalqaro aviadispetcherlar kunini nishonlash uchun 20 oktyabr sanasi tanlangani bejiz emas. Chunki 1961 yilning aynan shu kunida Niderlandiya poytaxti Amsterdamda Xalqaro aviatsiya dispetcherlari uyushmalari federatsiyasi tashkil etilgan. Mazkur voqea yuk va yo‘lovchi aviatashuvlarini boshqarishni standartlashtirishga asos bo‘ldi.
Roman Bondarchuk, O‘zA