Avia, temir yo‘l, avtobus, metroning harakatlanish yo‘nalishlari va grafigi to‘g‘risida yagona tizimda onlayn axborot olish imkonini yaratish topshirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida barcha tarmoqlar va ular tizimidagi kompaniyalar rahbarlariga kelgusi yilda raqamlashtirish hisobiga tannarxni kamida 10-15 foizga kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Xorijiy konsultantlarni jalb qilib, kommunal sohada raqamli nazorat tizimini ishga tushirish muhimligi qayd etildi.
Kelgusi yilda avia, temir yo‘l, avtobus, metroning harakatlanish yo‘nalishlari va grafigi to‘g‘risida yagona tizimda onlayn axborot olish imkonini yaratish topshirildi.
O‘zA